Ingliz tili Multi-level imtihoni
Ingliz tili bo'yicha Multi-level imtihoni Listening, Reading, Writing va Speaking ko'nikmalarini baholaydi. LingoUP'dagi mock testlar rasmiy namuna asosida tuzilgan: savollar soni, vaqt va topshiriq turlari bir xil.
Imtihon tuzilishi
| Bo'lim | Topshiriqlar | Vaqt |
|---|---|---|
| Listening | 6 qism, 35 savol; har bir audio ikki marta eshittiriladi | ~35–45 daqiqa |
| Reading | 5 qism, 35 savol: bo'sh joy to'ldirish, moslashtirish, sarlavha tanlash, test | 60 daqiqa |
| Writing | 2 topshiriq: xat/e-mail (~150 so'z) va esse (250+ so'z) | 60 daqiqa |
| Speaking | 3 qism: savollar, rasmlar asosida suhbat, mavzu bo'yicha munozara | ~15 daqiqa |
Mock test afzalliklari
- Listening va Reading avtomatik tekshiriladi — natija darhol.
- Gap-fill savollarda katta-kichik harf va urg'u hisobga olinmaydi.
- Writing va Speaking — AI taxminiy bahosi va o'qituvchi tekshiruvi.
- To'liq imtihondan so'ng natija varaqasi (PNG/PDF).
Darajalar
| Ball (har bir ko'nikma) | Daraja |
|---|---|
| 0–37 | B1 dan past |
| 38–50 | B1 |
| 51–64 | B2 |
| 65–75 | C1 |
Darajangizni bugun bilib oling
Haqiqiy imtihon formatida mashq qiling — tinglash va o'qish natijasi darhol chiqadi.
Ko'p beriladigan savollar
Ingliz tili Multi-level imtihonida nechta savol bor?
Listening va Reading bo'limlarida 35 tadan savol, Writing'da 2 ta topshiriq, Speaking'da 3 qism.
LingoUP rasmiy sertifikat beradimi?
Yo'q. LingoUP — Multi-level imtihoniga tayyorlov platformasi. Rasmiy milliy sertifikatni Bilim va malakalarni baholash agentligi beradi.
Multi-level imtihonida ball qanday hisoblanadi?
Har bir ko'nikma 0–75 ballga o'tkaziladi. 38–50 ball — B1, 51–64 — B2, 65–75 — C1. 38 dan past — B1 dan past.
Yozish va gapirishni kim tekshiradi?
Avval sun'iy intellekt taxminiy baho beradi, keyin o'qituvchi tekshirib, yakuniy ball va izoh qo'yadi.